
Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi sobiq prezident Almazbek Atambayev qoʻlga olingani haqida maʼlumotlarni rad etdi.
Qoʻmita matbuot xizmati xabariga koʻra, internetda Chuy viloyatining Tosh-Moynoq qishlogʻida tezkor operatsiya davomida Atambayev qoʻlga olinganligi haqida tarqalgan xabarlar notoʻgʻri.
“Davlat qoʻmitasi bunday xabarlarni tarqatishga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash boʻyicha tekshiruv oʻtkazmoqda”, – deyilgan xavfsizlik xizmati xabarida.
Xavfsizlik xizmati soxta maʼlumotlarni tarqatish Qirgʻiziston qonunchiligiga asosan jinoiy javobgarlik koʻzda tutilganligi haqida eslatma berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar