Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zi rahbarlik qiladigan Nur Otan partiyasini zudlik bilan s’ezd o‘tkazish va prezident saylovlarida ishtirok etish uchun nomzod ko‘rsatishga chaqirdi.
"Kecha Qosim -Jomart Toqayev qonuniy huquqidan foydalanib, Qozog‘iston prezidentligiga muddatidan oldin saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Saylov hukumat qonuniyligini va mamlakatdagi barqarorlikni ta’minlashni mustahkamlash uchun zarur. Endi biz partiya s’ezdini o‘tkazib, bo‘lajak prezident sayloviga nomzodni ilgari surishimiz kerak", - degan Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste’foga chiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bo‘lgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbariga aylandi. Seshanba kuni To‘qayev respublika prezidenti lavozimi uchun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda