
«Levada-Sentr» tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rovda rossiyaliklar Iosif Stalin shaxsiga munosabatlari haqida ma’lum qilishdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Natijalardan ma’lum bo‘lishicha, sovetlar yetakchisining mamlakat hayotidagi rolini rossiyaliklarning 70%i ijobiy deb hisoblaydi (52% - harholda ijobiy, 18% - butunlay ijobiy). Atigi 19% kishilar uning faoliyatini salbiy deb baholagan (14% - harholda salbiy, 5% - butunlay salbiy). So‘rovda ishtirok etganlarning 11%i bu savolga javob berishga qiynalgan.
Qayd etilishicha, bu ana shunday tadqiqotlar o‘tkazilgan barcha davrlar orasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Nashrning ma’lumot berishicha, 2000-yillar boshida Stalin shaxsiga ijobiy va salbiy qarovchilar nisbati teng bo‘lgan. 2008-2014 yillarda esa unga salbiy qarovchilar salmog‘i oshgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar