3 957
Xitoylik erkakning orqasidagi 15 kg oʻsimtani olib tashlashga bir kundan koʻproq vaqt talab etildi
Xitoyda 68 yoshli erkakning orqasida oʻsib chiqqan 15 kglik oʻsimta olib tashlandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Tan familiyali erkak 30 yil orqasida oʻsimta bilan yashagan. Bu orada oʻsimta uzunasiga 85 sm, eniga 65 smgacha oʻsib ketgan. Shifokorlar oʻsimta erkakning oʻpkasi, umurtqasi va asosiy arteriyalariga qisman shikast yetkazgani sababli erkakni operatsiya qilishdan bosh tortib kelishgan.
Biroq erkak uyqu arteriyasini shikastlab olgandan keyin operatsiyani oʻtkazishga qaror qilingan. Xavf mavjudligiga qaramasdan, Yan Szyun ismli shifokor jarrohlik operatsiyasini oʻtkazishga jazm qilgan.
Oʻsimtani olib tashlash boʻyicha operatsiya 33 soat davom etgan. Erkak operatsiya davomida koʻp qon yoʻqotgan, biroq omon qolgan. U 4 kun jonlantirish boʻlimida qolishiga toʻgʻri kelgan, 6-kunga esa oʻzgalar yordamisiz harakatlana boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi