Foto: Sputnik
Kunlar isiy boshlashi bilan Qozog‘istonning Aktau (Oq tog‘) sohiliga ilonlar hujum qila boshladi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, ilonlar sohilda kunlar isiy boshlagandan so‘ng ko‘paygan. Ularning odatdagidan ko‘p sonli ekanligi mahalliy aholini qo‘rquvga solmoqda. Ilonlar sohildagi turli joylarda ko‘rinish berib, dam oluvchilarga xalaqit bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ko‘pchilik dam olish va sayr qilish joylariga bormaslikni afzal ko‘rmoqda.
Mutaxassislar Aktaudagi ilonlar zaharlimi degan savolga javob berdi. Ular, sudralib yuruvchilar sinfiga mansub bu jonzotlar inson hayoti va sog‘ligiga hech qanday xavf tug‘dirmasligiga ishontirmoqda. Suv iloni inson uchun xavfsiz va zaharli emas.
Shuningdek, mutaxassislar ta’kidiga ko‘ra, sudralib yuruvchilarning ko‘payish mavsumi boshlangan, shuning uchun ular tuxum qo‘yish uchun qirg‘oqqa chiqqan.
Qozog‘istonning Aktau shahri Kaspiy dengizi sohilida joylashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi