date
views 2 977

Feysbuk orqali kinoyulduzga aylangan odam

Feysbuk orqali kinoyulduzga aylangan odam
“Taxt o‘yinlari” yulduzi va dunyodagi eng kuchli odam Xaftor Byornsson mashhur serialga feysbuk orqali chaqirilganini aytib o‘tdi, deb xabar qildi Darakchi.uz nashri.

O‘sha paytda 24 yoshda bo‘lgan Byornsson “Taxt o‘yinlari”ning chinakam muxlisi edi va hech qanday aktyorlik tajribasiga ega emasdi.

Kunlardan bir kuni uning feysbukdagi sahifasiga teleserial ijodkorlaridan kastingdan o‘tish uchun taklif keladi. Avvalboshda Xaftor buni shunchaki hazil deb o‘ylaydi va unchalik e’tibor qilmaydi.

Lekin kastingdan muvaffaqiyatli o‘tgan Byornsson serialning to‘rtinchi mavsumiga kelib Qoya roliga ega bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Feysbuk orqali kinoyulduzga aylangan odam