20 aprel kuni tongda Qozog‘iston janubidagi Jambil oblasti hududida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Qozog‘iston IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.
«YTH oqibatida voqea joyida 8 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi shifoxonaga olib borilgan. Olingan jarohatlar tufayli shifoxonada yana 3 kishi jon bergan», deya ma’lumot bergan IIV matbuot kotibi Oraz Nurdilda.
Uning aniqlik kiritishicha, YTH shanba kuni soat 5:00 atrofida Olmaota-Toshkent avtoyo‘lining 181-kilometrida sodir bo‘lgan.
Uning aytishicha, Toyota Camry avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan, bu vaqtda ortda kelayotgan yo‘lovchi avtobusi haydovchisi navbatdagi to‘qnashuvdan qochish uchun rulni keskin burgan va avtobus ag‘darilib ketgan.
Voqea joyiga oblast rahbariyati, prokuror, oblast politsiya departamenti boshlig‘i va boshqa rahbarlar yetib borishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi