Yakshanba kuni Shri-Lankadagi shaharlarda sodir etilgan teraktlar to‘lqini radikal kuchlar tashkiloti - National Thowheeth Jama'ath (NTJ) tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda xorij matbuotiga asoslangan holda Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 10 kun muqaddam Shri-Lanka politsiyasi boshlig‘i Pudjut Jayasundaraga terrorchi-xudkushlar cherkovlarga hujum qilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Bu haqdagi ma’lumot nomi oshkor etilmagan «xorij razvedka xizmati» tomonidan kelib tushgan. Qayd etilishicha, portlashlarning kamida ikkitasi xudkush tomonidan sodir etilgan.
NTJ - Shri-Lankada faoliyat yurituvchi radikal guruh bo‘lib, bu guruh a’zolari o‘tgan yili mamlakatdagi budda haykallarni vayron qilgandi. Shundan keyin ushbu guruh faoliyati sustlashgandi.
Mamlakat hukumati quruqlikdagi armiya qo‘mondonligi, shuningdek, harbiy-havo kuchlari va flot qo‘mondonligi ishtirokida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan.
Straits Times xabariga ko‘ra, hukumat terakt tashkilotchilarini aniqlagan.
«Ayni vaqtda tekshiruv ishlariga politsiya xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etilgan. Bu teraktlar ortida turgan barcha shaxslarni imkon qadar tezroq javobgarlikka tortish uchun ish olib bormoqdamiz. Ularning shaxsi aniqlangan», degan Shri-Lanka Mudofaa vaziri Ruvan Viyevarden.
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari shaharlarda reydlar o‘tkazmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 7 kishi qo‘lga olingan. Hozircha ular qaysi guruhga mansubligi ma’lum qilinmadi.
21 aprel kuni tongida Shri-Lankada ketma-ket 6ta portlash yuz berdi. Poytaxt Kolombo shahri markazidagi uchta mehmonxona, katolik cherkovida hamda poytaxt yaqinidagi Negombo va Battikaloa shahridagi cherkovlarda portlashlar sodir etilgan. Cherkovlarda bu vaqtda Pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar davom etayotgan edi.
Ko‘p o‘tmay mamlakatda yana ikki portlash sodir etildi. Politsiya Kolomboda xudkush o‘zini portlatganini ma’lum qildi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 190 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi