
Shri-Lanka orolining Kolombo shahrida yana bir portlash yuz berdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, minani zararsizlantirish vaqtida cherkov yaqinida qoldirilgan portlovchi moddalar yuklangan furgon portlab ketgan.
"Maxsus kuchlar sapyorlari bombani zararsizlantirishga uringanlarida furgon portlab havoga ko‘tarildi", - deya guvohning so‘zlarini keltiradi Reuters. Xavfsizlik kuchlari vakillari bu xabarni izohlashmagan.
Avvalroq Adaderana portali Kolombo politsiyasi Petta rayonidagi avtobuslar to‘xtash joyida portlovchi qurilmalarga mo‘ljallangan 87ta detonatorni topishganini xabar qilgandi. Kecha esa harbiylar mamlakatdagi Bandaranaike xalqaro aeroporti yaqinida bombani zararsizlantirishgan.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba tongida, butun dunyodagi katoliklar Pasxa bayramini nishonlashayotgan vaqtda Shri-Lankadagi mehmonxonalar va katolik cherkovlarida davomli portlashlar sodir etildi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktlar qurbonlari soni 215 nafarga yetgan, yana 450 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.
Shu bilan birgalikda, bu raqamlar yakuniysi emas, yuzlab kishilar og‘ir ahvolda shifoxonalarga yotqizilgan va qurbonlar soni vaqt o‘tib ortishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar