date

Nazarboyev: "Prezidentlik vakolatini topshirishga uch yil tayyorgarlik ko‘rdim"

Nazarboyev: "Prezidentlik vakolatini topshirishga uch yil tayyorgarlik ko‘rdim"
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev , "Nur Otan" partiyasining navbatdan tashqari s’ezdida davlat rahbari vakolatini topshirishga uch yil ilgari tayyorlana boshlaganini bildirdi.

"Ongli qaror qabul qilganimni aytganimda, darhaqiqat shunday edi. Bunday qaror bir kun yoki bir oy ichida qabul qilinmaydi. Men bu qarorga kelishga bir necha yil tayyorlandim. Ochiqroq aytadigan bo‘lsam, uch yildan ortiqroq", - dedi Nazarboyev.

U bu vaqt davomida kelajak va o‘tmish haqida fikrlaganini qayd etdi.

"Kadrlarni ko‘rdim, yelkadoshlarni tarbiyaladim va ularning har biridan umidim bor edi va nihoyat yakuniy xulosaga keldim va bu xulosa to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Kelinglar, Toqayevni prezident etib saylaymiz va uni qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Qozog‘istonning birinchi prezidenti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev: "Prezidentlik vakolatini topshirishga uch yil tayyorgarlik ko‘rdim"