Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 aprelda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan to‘liq formatli uchrashuv o‘tadigan Vladivostokka yetib keldi.
Ushbu uchrashuv ikki siyosatchining ilk uchrashuvi va Kim Chen Inning 2011 yilda hokimiyatga kelganidan keyin Rossiyaga ilk tashrifi bo‘lishidan tashqari, Kim Chen Inning Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi lavozimiga aprelda qayta saylanishidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.
Rossiya-Shimoliy Koreya sammiti Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tadi.
Ikki davlat rahbari mahalliy vaqt bilan soat 13-14larda uchrashishadi. Dastlab ular yakkama-yakka suhbatlashishadi, so‘ngra muzokaralar delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tartibda davom etadi. Ta’kidlanishicha, muzokaralar natijalariga ko‘ra hujjatlar imzolash va qo‘shma bayonotlar berish rejalashtirilmagan.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlik muammolarini muhokama qilishlari kutilmoqda, muzokaralarning diqqat markazida Koreya yarimoroli yadro muammosini siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish masalasi bo‘ladi.
Yaponiyaning NHK telekanali avval xabar berganidek, Rossiya Shimoliy Koreyaga yadro muammosi bo‘yicha 6 tomonlama muzokaralar formatiga qaytishni taklif qilishi mumkin. Bu muzokaralar 2003 yilda Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Rossiya, Xitoy, AQSh va Yaponiya ishtirokida boshlangan, ammo 2008 yilda to‘xtatib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi