
Foto: Mirror
Amerikaning Montana shtatining fermasida ikki boshli buzoq tug‘ildi. Bu haqda Mirror nashriga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.
«Men odatdagidek mollarga qarab yurgandim. Shunda birdan podadan ajralib qolgan sigirni payqadim. Tekshirish uchun unga yaqinlashdim», — deydi fermer Xizer German.
Shunda ayol sigirning yonida ikki boshli qo‘zichoqni ko‘rgan. Germanning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat juda kam uchraydi.
«Men bunday holatlarni suratlarda ko‘rganman. Hayotda esa birinchi marta ko‘rishim», — deydi ayol.
Qayd etilishicha, ikki boshli buzoq nobud bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar