3 902
Mercedes ishlab chiqaruvchi kompaniya: «Biz bu mashinalar KXDRga qanday borib qolganini bilmaymiz»
Foto: Associated Press
Mercedes-Maybach elit avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Daimler kompaniyasi ushbu rusumdagi mashinalar qanday qilib Kim Chen Inning garajiga borib qolganini bilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.
«Ushbu transport vositalari qanday qilib Shimoliy Koreyaga borib qolgani haqida hech bir tasavvurga ega emasmiz», — deya ma’lum qildi kompaniya rasmiy vakili.
Daimler vakillarining qayd etishicha, kompaniya Yevropa Ittifoqi va AQShning KXDRga nisbatan sanksiyaviy qonunchiligiga to‘la amal qiladi va so‘nggi 15 yildan beri KXDR ma’muriyati bilan hech qanday ish olib borayotgani yo‘q.
Kim Chen In xalqaro sammitlar vaqtida Pxenyandan olib kelinadigan limuzinlardan foydalanadi. Vladivostokda bo‘lib o‘tgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvni o‘z ichiga olgan shunday tadbirlarning so‘nggisida Kim ikkita — Mercedes Maybach S600 Pullman Guard va Mercedes Maybach S62 avtomobillaridan foydalandi.
Xalqaro sanksiyalar, xususan, BMT sanksiyalari Shimoliy Koreyaga hasham mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlaydi — limuzinlar ham shunday mahsulotlar kategoriyasiga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi