
Ukrainadagi saylovda g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy Rossiya tomoni bilan muzokara olib borishga tayyorligini bildirdi.
Zelenskiy shu bilan birga «Ukraina bilan harbiy va iqtisodiy tahdid tilida gaplashish yaramasligi» haqida ham bayonot bergan. U Donbassdagi vaziyatni izga solishda boshqa yo‘ldan borish kerakligini ta’kidlagan.
Rossiyaga qarshi kechadigan muzokara normand formati ostida o‘tishi ta’kidlab o‘tildi. Munosabatlarni yo‘lga qo‘yish esa har ikki davlat fuqarolarini o‘zaro almashtirishga bog‘liq. Zelenskiy bu o‘rinda «barchani barchaga» almashtirishni taklif qilmoqda. Ya’ni, har ikki tomonda ham bir-birining fuqarolari qolmasligi kerak.
Ammo Zelenskiy Putin bilan yolg‘iz ko‘rishib, gaplashib olmoqchi emas. Muzokarada g‘arb davlatlari ham ishtirok etadi. O‘zaro munosabatlar esa faqat Donbass va Qrim to‘liq Ukraina tarkibiga qaytgach izga tushishi mumkinligi aytildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar