Foto: Twitter / Sao Paulo Fashion Week
Braziliyaning San-Paulu shahrida o‘tayotgan modalar namoyishi paytida fojia yuz berdi, deb xabar berdi Daryo.uz.
26 yoshli model yigit oyoq kiyimi iplariga o‘ralashib qolib, podiumda halok bo‘ldi.
Tales Soares tomoshabinlarga moda haftaligi doirasida yangi libosni namoyish etayotgan edi.
U podiumga chiqib, tasodifan oyoq kiyimining iplariga o‘ralashib qoldi va yiqilib tushdi. Tomoshabinlar bu namoyishning bir qismi deb o‘yladi, shuning uchun hech kim uni qutqarishga shoshilmadi.
Yigitda tutqanoq boshlanib, uning og‘zidan ko‘pik chiqa boshlaganidagina podiumga tibbiy xodim yetib keldi.
Tadbir tashkilotchisi Sao Paulo Fashion Week’ning Twitter’dagi sahifasida Ocksa brendi libosini kiyib podiumga chiqishdan avval Soaresning tobi qochgani haqida ma’lumot berildi.
Tadbirga yetib kelgan shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga urindi, biroq buning iloji bo‘lmadi.
Model shifoxonaga olib borildi, ammo u allaqachon vafot etgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi