
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Bugatti kompaniyasining La Voiture Noire avtomobilini sotib oldi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, dvigatelining quvvati 1500 ot kuchiga ega bo‘lgan va 420 km/s tezlikni qayd eta oladigan bu mashina uchun futbolchi 11 million yevro to‘lagan.

Qayd qilish joizki, Ronaldu avtomobil ruliga bu yaqin orada o‘tirolmaydi, chunki muhandislar uni sozlash ishlarini 2021 yilda tugatadilar.

34 yoshli Ronaldu 2018 yil yozidan beri «Yuventus» sharafini himoya qilmoqda. Uning maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil qiladi. Bu mavsumda futbolchi A Seriyada 28ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar