08:22 / 01.05.2019
3 009

Poroshenko Zelenskiyni tabrikladi va u bilan yaqin orada uchrashishga kelishib oldi

Poroshenko Zelenskiyni tabrikladi va u bilan yaqin orada uchrashishga kelishib oldi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovlarning rasmiy natijalari bilan tabriklagani hamda u bilan yaqin orada uchrashishga kelishib olganini ma’lum qildi.

30 aprelda Ukraina markaziy saylov komissiyasi Zelenskiyni prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qildi. Rasmiy natijalarga ko‘ra, Zelenskiy saylovlarda 73,22 foiz ovoz, Poroshenko esa 3 marta kam – 24,45 foiz ovoz to‘plagan.

“Amaldagi prezident sifatida hozirgina Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildim va uni saylovlarning rasmiy natijalari bilan tabrikladim. Hozir Kreml bosib olgan hududlarida pasport tarqatish bilan Ukrainaga qarshi gibrid urushining yangi bosqichini amalga oshirayotgan bir vaqtda biz barcha hamkorlarimizga yagona ukrain pozitsiyasini namoyish qilishimiz lozim”, deb aytgan Poroshenko Facebook’da e’lon qilgan videomurojaatida.

Poroshenko Ukraina prezidenti lavozimidagi oxirgi haftalarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qat’iylashtirishga bag‘ishlashini qo‘shimcha qilgan.

“Biroq bu muammoni hal qilishni davom ettirish va yakunlash endi yangi prezidentning javobgarligidadir. Shu sababli biz sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirishimiz kerak, deb hisoblayman. Vladimir Zelenskiy va men telefon muloqoti davomida yaqin orada uchrashishga kelishib oldik. Saylovlardagi raqobatchilik endi o‘tmishda qoldi”, deb qo‘shimcha qilgan Poroshenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Zelenskiyni tabrikladi va u bilan yaqin orada uchrashishga kelishib oldi