2 972
Zelenskiyning harbiy maslahatchisi Kiyev Donbassni 5 yildan so‘ng qaytarib olishini aytdi
Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning xavfsizlik va mudofaa ishlari bo‘yicha maslahatchisi Ivan Aparshin Kiyev Donbassni besh yildan so‘ng o‘z nazoratiga qaytarib oladi, deb hisoblaydi.
"Bugungi kunda Donbass besh yilga mo‘ljallangan istiqbol, Qrim hududi esa ancha uzoq istiqbol hisoblanadi. Ammo hududlarimizni harbiy yo‘l bilan qaytarib olish imkoniyatini ko‘rmayapman", - dedi Aparshin "Apostrof" internet nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy operatsiya o‘tkazish imkoniyati ko‘rib ham chiqilmaydi.
"Men harbiy operatsiyani rejalashtirishim mumkin. Operatsiyani o‘tkaza oladigan odamlarni ham bilaman. Ammo hech kimga hududlarimizni harbiy operatsiya yo‘li bilan qaytarib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishni maslahat bermagan bo‘lardim. Yo‘qotishlar katta bo‘ladi", - deb qo‘shib qo‘ydi Aparshin.
Uning fikricha, Kiyev bunday operatsiya boshlashi bilan undan barcha hamkorlari yuz o‘giradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi