Foto: Northern Territory Parks and Wildlife
Shimoliy Avstraliya bog‘lari va yovvoyi tabiatni saqlash xizmati mahalliy ovchilar tomonidan topilgan uch ko‘zli ilon fotosuratlarini taqdim etdi. Reptiliya tasvirlangan surat tabiatni saqlash xizmatining Facebook’dagi rasmiy sahifasida omma e’tiboriga havola qilingan, bu haqda BBC News'ga tayanib "Daryo" xabar qiladi.
Keyinchalik Monti Payton deb nomlangan uch ko‘zli ilon Darvin shahridan 40 kilometr uzoqlikdagi shossedan topilgan. Ekspertlarning fikricha, reptiliyaning yoshi katta emas. Uning uzunligi 40 santimetrga yetadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, embrionologik mutatsiya natijasida shakllangan uchinchi ko‘zi xuddi boshqa ikki ko‘zidek yaxshi ko‘radi.
«Men ilgari uch ko‘zli ilonni ko‘rmaganman, ammo laboratoriyamizda ikki boshli kobra pitoni bor. Lekin bu umuman boshqa, xuddi siam egizaklariga o‘xshagan mutatsiyadir», — deydi serpentolog Brayn Fray. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi