Fransiya janubida qor yog‘di (video)

Foto: «Korrespondent.net»
Fransiyaning janubiy hududlarida qor yog‘ishi, havoning sovishi va kuchli shamol kuzatilmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Qor yog‘ishi yo‘llardagi transport harakatini murakkablashtirdi. Yer muzlash xavfi saqlanib qolmoqda.
5 may kuni Var va Bush-dyu-Ron shaharlarida qirg‘oq bo‘ylab shamol tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil qildi. Hududda «olov rang» xavflilik darajasi e’lon qilindi.
Marselda mistral qirg‘oq bo‘ylab uch metr balandlikdagi to‘lqinlar kuzatildi. Shahardagi xavfli ob-havo tufayli bir qator namoyishlar va velotur poygalari bekor qilindi.
Ob-havo ma’lumotlariga qaraganda, havo yumshashi va yaxshilanishi dushanba kuniga qadar kutilmaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Fransiyaning janubiy hududlarida qor yog‘ishi, havoning sovishi va kuchli shamol kuzatilmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Qor yog‘ishi yo‘llardagi transport harakatini murakkablashtirdi. Yer muzlash xavfi saqlanib qolmoqda.
5 may kuni Var va Bush-dyu-Ron shaharlarida qirg‘oq bo‘ylab shamol tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil qildi. Hududda «olov rang» xavflilik darajasi e’lon qilindi.
Marselda mistral qirg‘oq bo‘ylab uch metr balandlikdagi to‘lqinlar kuzatildi. Shahardagi xavfli ob-havo tufayli bir qator namoyishlar va velotur poygalari bekor qilindi.
Ob-havo ma’lumotlariga qaraganda, havo yumshashi va yaxshilanishi dushanba kuniga qadar kutilmaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…