Bugun, 8 may kuni Moskvada «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirill, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va bolalar futboli murabbiyi Aleksandr Protasovitskiy ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi.
Presnya sudi hukmiga asosan, aka-uka Kokorinlar 1 yil-u 6 oy, Mamayev va Protasovitskiy 1 yil-u 5 oy muddat umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tashi belgilandi.
Ayblanuvchilar 2018 yil oktyabr oyidan buyon tergov hibsxonasida saqlanayotgani, tergov izolyatoridagi bir kun koloniyadagi 1,5 kunga tenglashtirilgani hisobiga Mamayev va Protasovitskiy 2019 yil noyabr oyida, Kokorinlar esa dekabrda ozodlikka chiqishadi.
Jinoiy ish figurantlari 2018 yil 8 oktyabr tongida Moskva markazida ro‘y bergan ikkita mushtlashuvda ishtirok etishgan, hodisa oqibatida haydovchi Vitaliy Solovchuk, Minpromtorg departament direktori Denis Pak va «NAMI» ilmiy markazi bosh direktori Sergey Gaysin jarohat olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi