Foto: «24tv.ua»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2008 yildan beri 1 200 kvadrat metrlik hovlida joylangan umumiy maydoni 353 kvadrat metrlik uyga egalik qiladi. Uy Kiyevdan 30 kilometr uzoqlikdagi Ivankovich qishlog‘idagi «Pomeste» elit shaharchasida joylashgan.
Qizig‘i shundaki, shaharcha doimiy tarzda qo‘riqlanadi. Shaharchaga faqat uy egasi tashrifingizni tasdiqlagandagina kirish mumkin. Shaharchada barcha sharoitlar bor: bog‘ va maktab, o‘yin maydonchasi, bolalar sport maydonchasi, avtomobil yuvish va xizmat ko‘rsatish stansiyasi, hamda maxsus ko‘l mavjud.
2008 yilda Zelenskiyning uyi 31 ming dollarga baholangandi. To‘rt oydan so‘ng yangi saylangan prezident 27 ming dollarga yana qo‘shimcha 12 sotix yer sotib oladi.
Hozirda Zelenskiyning ikki qavatli uyida 3 ta sanuzel, bir nechta yotoqxona, shinam oshxona bor.
Foto: «24tv.ua»
Foto: «24tv.ua»
Uyda garaj yo‘q. Ikkita avtomobil uchun ajratilgan joy bor, xolos. Uy atrofida daraxtlar ko‘p va qimmat gazonlar ekilgan. Asosiy rang sifatida och ranglardan foydalanilgan. Devorlarni bo‘yashda ham sariq va qaymoq ranglardan foydalanilgan.
Foto: «24tv.ua»
Foto: «24tv.ua»
Oshxonadagi to‘q rangli minigarnitura juda «qo‘pol» ko‘rinmasligi uchun yorqin rangli fartuk va kichik gulli kafellar qo‘shilgan.
Foto: «24tv.ua»
Vladimir Zelenskiyning Italiyada ham villasi borligi saylovoldi kampaniyalar paytida ma’lum qilingandi. U klassik O‘rtayer dengizi uslubida qurilgan va baland devorlar bilan o‘ralgan. Hozirda yangi prezidentning rafiqasi Italiyadagi uy haqidagi ma’lumotlarni rad qilmoqda.
Foto: «24tv.ua»
Foto: «24tv.ua» “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi