
AQSh prezidenti Donald Tramp 13 may kuni Oq uyda iftorlik o‘tkazdi, deb xabar qildi Sof.uz.
Mehmonlar ro‘yxatiga asosan musulmon davlatlarining dipmissiya rahbarlari kiritildi. Iftorlikda Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Turkiya, BAA, Tunis, Iroq, Qatar, Baxreyn, Marokko, Aljir va Liviya elchilari qatnashdi.
O‘z nafbatida AQSh musulmon ijtimoiy jamoalar vakillari qatnashmadi.
Tadbir davomida AQSh prezidenti Donald Tramp nutq so‘zlab, islom olamini muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.
“Ramazon bu AQSh va butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas oydir”, - deb ta’kidladi AQSh prezidenti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar