3 612
Finlandiyada nega ommaviy korrupsiya yo‘qligi va hech qachon bo‘lmasligi haqida 5 tushuntirish
1. Finnlar aslo hashamat va dabdabaga o‘ch emaslar. Dabdabayu as’a’sa — degenerat (tug‘ma jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega inson) lar uchun o‘rta asrlar sharqiga xos ko‘ngilxushlikdir. Tilla unitaz, faqat degeneratlar uchun xolos.
2. Finnlar o‘z xalqining boshqa vakillari hisobidan o‘z oilasining boyishi — o‘z xalqidan nafratlanish ekanligini biladi. Faqatgina nomard, noinsof insonlargina bunday yo‘l tutishi mumkin.
3. Finnlar byudjet (xalq) pullarini «tuya» qilish — o‘z farzandlari, nevaralariga nisbatan nafrat ekanligini aniq-tiniq tushunib yetishadi, chunki aynan o‘z avlodlari shu yo‘llardan yurishadi, shu maktablarda o‘qishadi. O‘z farzandlari va nevaralarini faqatgina badbaxt insongina yomon ko‘rishi mumkin.
4. Finnlar aniq ishonishadiki, o‘g‘ri inson — doimo qo‘rqoq bo‘ladi. U doim fosh bo‘lish va o‘z qilmishlariga adolatli jazo berilishidan qo‘rqib yashaydi. Bunday inson hech qachon erkin bo‘la olmaydi. Bunday inson xalq nazaridan ajralib qolgan olqindidir.
5. Finnlar o‘z farzandini biror joyga «joylashtirib» qo‘yish — alal-oqibatda o‘zlariga juda katta ziyon yetkazishini bilishadi. Agar inson hammasiga o‘z bilimi va muvaffaqiyatlari orqasidan o‘zi erishmasa yoki kamida merosga qonuniy qo‘shilmasa — unga yomon bo‘lishi aniq. Kelajakda farzandi boshiga muammolarni faqatgina ahmoq odamgina ravo ko‘rishi mumkin.
Shuhrat Shokirjonov
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi