Rossiya 20 mayda o‘tadigan, Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasiga vakillari taklif qilingan davlatlar qatorida yo‘q. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri spikeri Yekaterina Zelenko ma’lum qildi.
“Rossiya bu tadbirga taklif qilinmagan. Biz hamkorlarimiz va do‘stlarimiz hisoblangan davlatlarnigina taklif qilganmiz”, deb aytgan Zelenko.
Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, yangi prezidentning inauguratsiyasi parlamentning sessiyalar zalida o‘tadi, u yerda Zelenskiy deputatlar oldida qasamyod keltiradi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Kiyevdan yangi prezident inauguratsiyasiga taklif olmaganini aytgan. U shuningdek Rossiya rahbariyati Zelenskiyni lavozimiga kirishishi bilan tabriklashi borasidagi savolni ochiq qoldirgan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hanuzgacha Zelenskiyni saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklamagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiyning inauguratsiyasida Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va Vengriya prezidentlari ishtirok etishlarini tasdiqlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi