Sharqiy Turkistondagi Dabancheng lageridagi ishlagan qozoq millatiga mansub kishi tomonidan yozilgan maktubda uyg‘urlarning zo‘ravonlik va zo‘rliklarga uchrayotgani aytilgan. Bu haqda “Yevronyus”ga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.
Torchlight Uyghur Group nomli guruh tomonidan xitoychadan o‘girilgan maktubda Berik laqabli xavfsizlik xizmati xodimining boshidan o‘tkazganlari hikoya qilingan. U avvallari videotasvirchi bo‘lib ishlaganini, lagerda videokuzatuv punktida ishlaganini va u yerga ishga kirganidan pushaymon bo‘lganini aytgan. Berikning so‘zlariga ko‘ra, lager xodimlari u yerda saqlanayotgan uyg‘ur ayollarini jinsiy zo‘rlash bilan shug‘ullanib keladi.
Berik ishdan bo‘shab, Xitoydan qochib ketgan. Torchlight Uyghur Group vakili Erkin Ozodning aytishicha, Berik ayni payt xavfsiz joyda, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga ma’lumot berishi kutilyapti.
Sharqiy Turkiston poytaxti Urumchining janubi-g‘arbida joylashgan Dabancheng lagerida o‘n minglab uyg‘ur saqlanatayotgani taxmin qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi