Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyuston o‘limidan yetti yil o‘tib, konsert dasturi bilan safarga otlanmoqchi. Bu haqda «Daryo» xabar qiladi.
Xabarlarga ko‘ra, qo‘shiqchi Xyustonning merosxo‘rlari bu taklif bilan chiqqan. Qo‘shiqchining menejeri Pet Xyustonning aytishicha, Uitni Xyustonning konsert dasturi uchun gologramma tayyorlanmoqda. Yulduzning ilgari e’lon qilinmagan ashula va musiqalari, unga bag‘ishlangan qo‘shiqlar jamlanib, musiqiy albom chiqariladi.
Gologramma safari chog‘ida Uitnining akasi, Petning turmush o‘rtog‘i Geri va boshqalardan iborat haqiqiy ansambl a’zolari birga chiqish qiladi. Pet marhum qo‘shiqchining menejeri vazifasini 2000 yillarning boshidan beri bajarib keladi. U Uitni merosining yagona boshqaruvchisidir.
Uitni Xyuston yetti yil oldin, 48 yoshida tasodifan cho‘kishi tufayli vafot etgan. Uning muvaffaqiyatli sahna karerasi ancha oldinroq, giyohvand moddalarni iste’mol qilishi oqibatida tugagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi