date

Vladimir Zelenskiy o‘zi boshlovchi bo‘lgan shouda qatnashib, sahnaga chiqib ketdi (video)

Vladimir Zelenskiy o‘zi boshlovchi bo‘lgan shouda qatnashib, sahnaga chiqib ketdi (video)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda «Liga smexa» kulgu shousida qatnashdi. Shouni tomosha qilish uchun borgan Zelenskiy sahnaga chiqib ketdi va o‘zi avval boshlovchilik qilgan dasturda chiqish qildi.

«Xayrli kech, sizlarni yaxshi ko‘raman»,- dedi Zelenskiy yig‘ilganlarga qarata. Ukraina prezidenti sahnada raqsga tushib, shoudagi yangi boshlovchining boshidan o‘pishga ham ulgurdi. Shundan keyin Zelenskiy zalga qaytib, birinchi qatorda rafiqasi bilan chiqishlarni tomosha qildi.

Internetning rus segmentida Zelenskiyning bu chiqishi istehzo bilan kutib olindi. Foydalanuvchilardan biri Ukraina prezidentining bu ishiga shunday baho bergan: «Yangi vazirlar mahkamasiga vakillar tanlash uchun o‘tkazilayotgan kasting. Jyurilar rahbari - shaxsan mamlakat prezidentining o‘zi».

Zelensiy prezidentlikka kelishdan avval Ukrainaning eng mashhur shoumenlaridan biri bo‘lgan. O‘zining o‘tmishidan faxrlanishini aytadigan Zelenskiy saylovlardan so‘ng barcha mualliflik loyihalaridan chiqishini va butun e’tiborini siyosatga qaratishini aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Zelenskiy o‘zi boshlovchi bo‘lgan shouda qatnashib, sahnaga chiqib ketdi (video)
-->