date
views 2 598

Zelenskiy siyosatchilarga shaurma yeyishni tavsiya qildi

Zelenskiy siyosatchilarga shaurma yeyishni tavsiya qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy instagramda shaurma bilan selfi tushgan rasmni joylashtirdi.
“Ish jadvali tigʻiz boʻlganda, shaurma yordam berishi mumkin. Koʻrib turganingizdek, bunda hech qoʻrqinchli, noqulay va sharmandali narsa yoʻq”, - deb yozgan Zelenskiy.

Prezident soʻzlariga koʻra, bu odamlarga yaqinroq boʻlishga yordam beradi.

“Bu yana – “bronzalashib”, odamlardan uzoq boʻlmaslikka yordam beradi. Hukumatda boʻlganlar uchun foydali. Tavsiya qilaman”, - deb yozgan Ukraina yetakchisi.
Oʻtgan haftada prezident Kiyev ahlini shahar kuni bilan tabriklaganda shaurmani esga olgandi.

U oʻz chiqishida “Joʻka daraxtining gullashi va metro oldida shaurmaning hidi Kiyevni Kiyev qiladi” deb gapirdi. Bu soʻzlar internetda keng muhokamaga sabab boʻldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy siyosatchilarga shaurma yeyishni tavsiya qildi