Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik senator Robert Portman bilan uchrashuvda Donbassdagi vaziyatni va tinchlikka erishishdagi qadamlarni muhokama qildi.
Tomonlar, shuningdek, Ukrainadagi siyosiy vaziyatni, jumladan parlamentga mudddatdan avval saylovlar o‘tkazilishini muhokama qilishgan. Zelenskiyning fikricha, radaning tarqatilishi jamiyat istaklariga javob beradi va endi sentyabrdayoq yangi hukumat shakllantirilishi mumkin.
“Agar ishlamaydigan bu parlament qolishda davom etganda, biz dekabrda yangi hukumat shakllantirgan bo‘lardik. Biroq biz kuta olmaymiz. Bizda ikkita urush bor – Rossiya va mamlakat ichidagi korrupsiyaga qarshi, bu esa Ukraina iqtisodiyoti uchun xavf hisoblanadi”, deb aytgan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy AQSh senatining Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishdagi va Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdagi faol pozitsiyasini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, Minsk kelishuvlarining tegishlicha bajarilishini ta’minlash uchun Rossiyaga yanada ko‘proq bosim o‘tkazish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi