
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev qayerda ta’tilni o‘tkazishni xush ko‘rishi haqida so‘zlab berdi.
“Men dunyoning barcha davlatlarida bo‘lganman, 200 dan ko‘proq prezident, olimlar, ekspertlar bilan uchashganman. Dunyoning barcha go‘zal burchaklarida bo‘lganman. Biroq Qozog‘istondan boshqa yerga, hattoki ta’tilda ketishni istamayman. Chunki bizning Qozog‘istonda hamma narsa bor. Bizning vatanda”, deb aytgan Elboshi Nazarboyev universitet bitiruvchilarini tabriklash marosimida.
Nazarboyev o‘tgan yil atayin turli joylarda bo‘lib ko‘rganini aytgan.
“Qozog‘istonliklar dengizga bora oladilar, bizda Kaspiy dengizi bor, u yerdagi majmualar – 4 yulduzli, 5 yulduzli mehmonxonalarni aytmaysizmi! Ular boshqa mehmonxonalardan kam emas. Bizda Alako‘l, Borovoye bor. Olmaota viloyatida tog‘-chang‘i kurortlari, hamma narsa bor va shu sababli sayyohlik salohiyatini rivojlantirishimiz, shunday ob’ektlarni ochishimiz lozim. Shunda bizga kela boshlaydilar”, deb qo‘shimcha qilgan Qozog‘iston yetakchisi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar