date
views 3 911

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi mashinada piyodalarni bosib ketdi (video)

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi mashinada piyodalarni bosib ketdi (video)
Foto: Repost
Sankt-Peterburgning Petrograd tumanidagi chorrahada piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan yengil avtomobil odamlar ustiga qarab uchib kelib to‘xtadi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 1 iyun kuni soat 17:50 da Troitskiy ko‘prigidan kelayotgan oq Reno Logan rusumli avtomobil chorrahada svetoforning sariq chirog‘ida o‘tib ketgan va trotuarga uchib chiqib ketgan. Bir qancha piyodalar va velosipedchi mashinaning tagida qolgan. Shuningdek, mashina yo‘l belgisi o‘rnatilgan ustunni ham urib tushirgan.

Reno’ga o‘tkinchilar hujum qilishga uringan, ammo politsiya xodimlari xizmat mashinasiga berkingan 22 yoshli haydovchini qutqargan.

«Sankt-Peterburg yo‘l inspektori» guruhida ma’lum qilinishicha, haydovchi asli o‘zbekistonlik bo‘lib, 1996 yilda tug‘ilgan. Mashinaning salonida yo‘lovchi ham bo‘lgan, ammo haydovchi taksi-kira qilganini tan olmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi mashinada piyodalarni bosib ketdi (video)