11:10 / 04.06.2019
3 587

Tramp qirolicha Yelizaveta II’ga bir yil avval bergan sovg‘asini eslay olmadi

Tramp qirolicha Yelizaveta II’ga bir yil avval bergan sovg‘asini eslay olmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ga o‘tgan yil sovg‘a qilgan ot haykalchasini tanimadi. Bu haqda ITV portali xabar qildi.

Trampning Bukingem saroyiga joriy tashrifi vaqtida qirolicha AQSh prezidentidan avvalgi tashrifi vaqtida sovg‘aga olgan ot haykalchasi yonida to‘xtab, Trampga uni ko‘rsatib “Taniyapsizmi?” deb so‘ragan. Biroq Tramp ushbu haykalcha uning o‘tgan yilgi sovg‘asi ekanligini anglamay, rad javobini bergan.

Shunda qirollik kolleksiyasi direktori Tim Noks Tramp ushbu haykalchani 2018 yil iyulda Vindzor qasridagi choy ichish vaqtida sovg‘a qilganini eslatgan, biroq vaziyatni tekislab yuborish maqsadida “otlar bir-biriga juda o‘xshashligini”, AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp sovg‘ani tanigani va bu “yoqimli holat” ekanini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp qirolicha Yelizaveta II’ga bir yil avval bergan sovg‘asini eslay olmadi