date
views 3 142

Tojikistonlik qizaloq o‘z hayotini saqlab qolgan Dubay amiriga minnatdorchilik bildirdi (video)

Tojikistonlik qizaloq o‘z hayotini saqlab qolgan Dubay amiriga minnatdorchilik bildirdi (video)
Foto: Twitter / HH Sheikh Mohammed
Tojikistonlik yetti yoshli Maxina G‘aniyeva Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Muhammad ibn Roshid al-Maktumga o‘z hayotini saqlab qolganligi uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qiladi Daryo nashri.

Qizaloq to‘rt turdagi yurak parokining bitta odamda uchrashi natijasida yuzaga kelgan kamyob kasallik bilan tug‘ilgan. Maxina besh yoshga to‘lganida Muhammad bin Roshid al-Maktumning Global Initiatives (MBRGI) xayriya fondi uning uchun yuqori malakali shifokorlarni topib, 2017 yilning oktyabrida qimmat turuvchi operatsiyasini o‘z hisobidan o‘tkazib bergan. Murakkab operatsiya sakkiz soat davom etgan.

Oradan deyarli ikki yil o‘tgach, Maxina fondning har yili o‘tkaziladigan hisobot yig‘ilishiga kelib, amirga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

«Men shayx Muhammad va menga yordam ko‘rsatgan fondga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman va juda baxtliman», — deydi qizaloq.

Bugungi kunga kelib MBRGI fondi dunyoning 86 mamlakatidan 70 millionga yaqin odamga yordam ko‘rsatib ulgurgan.

«Men o‘zini insoniyat uchun xizmat qilishga bag‘ishlagan jamoamga rahmat aytmoqchiman. Men ular bilan hamda ularning gumanitar ishlarda erishgan yutuqlari bilan faxrlanaman», — deydi shayx tadbir davomida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonlik qizaloq o‘z hayotini saqlab qolgan Dubay amiriga minnatdorchilik bildirdi (video)