00:10 / 05.06.2019
3 220

Gretsiya Germaniyadan jahon urushlarida keltirgan zarari uchun 320 mlrd yevro talab qilmoqda

Gretsiya Germaniyadan jahon urushlarida keltirgan zarari uchun 320 mlrd yevro talab qilmoqda
Gretsiyaning Berlindagi elchisi Germaniya tashqi ishlar vazirligiga nota topshirdi. Unda Gretsiya hukumati Germaniya tomonini Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida yetkazgan zarari uchun harbiy reparatsiya va tovon to‘lashi borasidagi masalani hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga chaqirgan, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Ma’lum qilinishicha, Gretsiyaning da’volari Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida mamlakat va uning xalqiga yetkazilgan zararni qoplash, nemis bosqinchiligi qurbonlari va ularning avlodlariga nisbatan harbiy reparatsiyalar, okkupatsion zayomni va mamlakatdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan arxeolog va boshqa madaniy boyliklar bilan bog‘liq.

Gretsiya parlamenti 17 aprel kuni hukumatga Germaniyadan Ikkinchi jahon urushidagi yetkazgan zarari uchun 309,5 milliard va Birinchi jahon urushidagi zarari uchun 9,2 milliard yevro harbiy reparatsiya to‘lashini talab qilish topshirilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Shu bilan birga, Gretsiya odamlarning o‘limi va nogiron bo‘lib qolganligi uchun tovon to‘lovi miqdorini 107,2 milliard yevro deb baholamoqda.

Partiyalararo komissiyaning ma’ruzasiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yillarida Gretsiya 558 ming fuqarosidan ayrilgan, 880 ming kishi nogironga aylangan. O‘sha paytda 7,335 million kishini tashkil etgan mamlakat aholisining 19,7%i urush qurboni bo‘lgan.

Germaniya Afinaning barcha talablarini rad etmoqda. Nemis amaldorlarining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya 1960 yilda 115 million marka to‘lab o‘z majburiyatlarini bajargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiya Germaniyadan jahon urushlarida keltirgan zarari uchun 320 mlrd yevro talab qilmoqda