
«Minchenko Konsalting» ekspertlari Rossiya elitasi to‘g‘risidagi «Siyosiy byuro 2.0 va antiisteblishment to‘lqini» deb nomlangan navbatdagi ma’ruzasini e’lon qildi.
Siyosatshunoslar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqinlari doirasini «Siyosiy byuro 2.0» deb atashadi va uni Rossiyadagi eng katta ta’sirga ega norasmiy siyosiy institut deb hisoblashadi.
Ma’ruzada «Siyosiy byuro 2.0»da keyingi yillarda yuz bergan rotatsiya haqida so‘z yuritiladi. Masalan, xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning mavqei kuchaygan. Patrushev Amerika yo‘nalishida asosiy muzokarachiga aylangan.
Vladimir Putinning yoniga Volga Group asoschisi Gennadiy Timchenko qaytgan (siyosatshunoslar uni 2016 yilda «faolligi pasaygani» uchun ro‘yxatdan chiqarib tashlashgandi). Timchenkoning mavqei uning NOVATEK egasi Leonid Mixelson va aka-uka Kovalchuklar bilan muvaffaqiyatli alyansidan so‘ng yaxshilandi.
«Rosneft» bosh ijrochi direktori Igor Sechinning mavqei ham energetikaning norasmiy kuratori sifatida mustahkamlandi.
Arkadiy Rotenberg Qrim ko‘prigi qurilishidan so‘ng mavqeini ancha yaxshilab oldi va yirik infrastruktura loyihalarining imtiyozli pulratchisi hisoblanadi, deb yozadi siyosatshunoslar.
«Rostex» rahbari Sergey Chemezov va mudofaa vaziri Sergey Shoygu mudofaa va harbiy sanoat majmuasini boshqarmoqda.
Moskva meri Sergey Sobyanin yirik poytaxt aglomeratsiyasi rivojlanishi uchun javobgar, deb yozadi siyosatshunoslar.
«Minchenko Konsalting» fikriga ko‘ra, prezident doirasidan Vyacheslav Volodin chiqib ketdi va «Siyosiy byuro2.0»ga nomzodga aylandi.

SiyosatshunoslarRossiya ElitasiSiyosiy ByuroVladimir Putinning YaqinlariEnergetika KuratoriYirik Infrastruktura Loyihalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar