AQShdagi Janubiy Kaliforniya aeroportida o‘q shakliga ega Celera 500L samolyoti payqaldi. AQShning Otto Aviation kompaniyasi ushbu samolyotni yaratish ustida olib borayotgan ishlarni 10 yildan beri sir saqlab keladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning takomillashtirilgan modelining sinovlari o‘tkazib bo‘lingan va Celera 500L yaqin orada ilk parvozini amalga oshirishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, samolyot bir uchuvchi tomonidan boshqariladi va istalgan aerodromdan ucha oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning tezligi 510 mil/soatgacha (820 km/soat) yetadi, yonilg‘i sarfi esa 30-42 milga (50-70 km) bir gallonni (4 litr) tashkil qiladi. Shuningdek, Celera 500L 65 ming fut (20 km) balandlikkacha ko‘tarila oladi.
Taqqoslash uchun, keng tarqalgan bir motorli samolyot Pilatus PC-12 30 ming futgacha ko‘tariladi, kreyser tezligi soatiga 330 milgacha yetadi va o‘rtacha 5 mil yo‘lga bir gallon yonilg‘i sarflaydi. Bu ko‘rsatkichlardan Selera 500L’ning unumdorligi shunday turdagi yengil biznes-jetlarnikidan 10 marta yuqoriroqligini ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi