date
views 3 305

AQShda besh qavatli bino ustiga kran qulab tushdi (video)

AQShda besh qavatli bino ustiga kran qulab tushdi (video)
Foto: Twitter / CBSDFW
9-iyun kuni AQShning Dallas shahrida joylashgan besh qavatli binolardan birining ustiga qurilish krani qulab tushdi. Noxush hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va yana besh kishi jarohat olgan, deb xabar beradi “Daryo.uz” nashri.

Shahar yong‘inni o‘chirish xizmati vakili Jeyson Evansning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan ayol ko‘ngilsiz hodisa vaqtida bino ichida bo‘lgan.

Jarohat olganlarning ikki nafarini ahvoli o‘ta og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Evansning aytishicha, kran nima sababdan qulab tushgani hozircha noma’lum, taxminlarga ko‘ra, bunga shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, qutqaruvchilar voqea joyiga soat 14:00 da, Milliy meteorologiya xizmati shaharda yong‘ingarchilik va kuchli shamol kutilayotganini ma’lum qilgach chaqirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda besh qavatli bino ustiga kran qulab tushdi (video)