
Foto: National Geographic
Hindistondagi Tadoba milliy bogʻida yashovchi yoʻlbars va doʻrdoqi labli ayiq oʻrasida sodir boʻlgan toʻqnashuvning videosi paydo boʻldi, deb xabar berdi “Daryo” nashri.
Turistlar koʻlmakda dam olib yotgan Matkasur laqabli yetti yoshli yoʻlbarsni kuzatishayotganida, butalar orasida doʻrdoqi labli ayiq bolasi bilan chiqib kelgan. U kutilmagan mehmonlarga joy berishni istamasdan, bolasi bilan suv ichgani kelgan urgʻochi ayiqqa tashlanib qolgan.
Taʼkidlanishicha, yoʻlbars ayiqqa oʻn besh daqiqadan ortiqroq vaqt davomida hujum qilgan. Ayiq esa oʻz navbatida bolasini himoya qilish uchun unga javob qaytarishga majbur boʻlgan.
Yoʻlbars ayiqni tishlab yerga yotqizgan, biroq ona ayiq uning changalidan qochib chiqishga erishgan. Natijada ayiq yoʻlbarni quvib yuborishga muvaffaq boʻlgan va bolasi bilan hovuzning muzdek suvidan ichgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar