Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Yevrokomissiyaning energoittifoq bo‘yicha vitse-prezidenti Marosh Shefchovich o‘zaro savdodagi hisob-kitoblarni rubl va yevroga o‘tkazish masalasini ilgari suruvchi ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Bu haqda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari matbuot kotibi Andrey Lavrov ma’lum qildi.
«Tomonlar milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish o‘zaro manfaatli bo‘lishini, Rossiya va YeI tadbirkorlari uchun xatarlarni pasaytirishini qayd etishdi», — dedi u.
Ishchi guruh hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib borish bo‘yicha amaliy qadamlarni o‘rganadi, dedi Siluanovning vakili.
Rossiya o‘z savdo hamkorlari bilan hisob-kitob qilishda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Keyingi paytda Turkiya va Xitoy bilan bu borada muzokaralar o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi