Eron xavfsizlik kuchlari AQShning josuslik kibertarmog‘ini fosh etdi, deb ma’lum qildi Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy.
"Yaqinda Eron maxsus xizmatlari mamlakat kibermakonida ish olib borgan MRBning yirik josuslik tarmog‘ini fosh etdi va yo‘q qildi", - dedi Shamxoniy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron mazkur josuslik tarmog‘i haqidagi ma’lumotni bir nechta xorijiy davlatlar bilan bo‘lishgan.
"Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tarmoq boshqa qator davlatlarda ham ish olib borgan", - deb ta’kidladi u.
19 aprelda Eron axborot vaziri va maxsus xizmatlar rahbari Mahmud Alaviy mamlakat razvedkasi mintaqaning turli davlatlarida ish olib boruvchi 290 nafar josusdan iborat MRB tarmog‘ini fosh etganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi