BMT bugun taqdim etgan hisobot Yer aholisi soniga bag‘ishlandi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida. Unga ko‘ra, sayyoramiz aholisi soni yaqin 30 yilda 2 milliardga ko‘payib, 9,7 milliard kishiga yetadi. Asr oxiriga borib yerliklar soni 11 milliardga yetishi mumkin.
BMT iqtisodiy-ijtimoiy masalalar departamentining aholishunoslik bo‘limi ta’kidlashicha, umr ko‘rish davomiyligi uzayib borayotgani va tug‘ilish kamayib ketayotgani uchun jahon aholisi qariyapti, aholisi soni qisqarib borayotgan mamlakatlar ro‘yxati kengaymoqda.
Umuman olganda jahon aholisi soni o‘sishda davom etyapti, biroq hududlar kesimida tafovut juda katta. «Yangi demografik prognozlar 2050 yilgacha jahon aholisi soni o‘sishining teng yarmi 9 mamlakat hisobiga ta’minlanishini ko‘rsatyapti, bular: Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr va AQSh», — deyiladi hisobotda.
Taxminan 2027-yillarga borib Hindiston aholisi soni ko‘pligi bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirishi ham hisobotda qayd etilgan.
Prognozlarga ko‘ra, global fertillik ko‘rsatkichi yanada pasayadi: 1990 yilda tug‘ilishlar soni bir ayolga o‘rtacha 3,2 tani tashkil etgandi, hozir — 2,5 ta, 2050 yilda 2,2 taga tushib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin