Avstraliyaning Kvinslend shtatida erkak ilon timsohni butunligicha yutib yuborayotganini suratga oldi. Ushbu suratlarga Britaniyaning Daily Mail nashri qiziqish bildirdi.
Martin Myuller kayakda Iso tog‘i bo‘ylab tushayotganda ilon nimaningdir murdasini yutayotganini ko‘rib qolgan. Ilon o‘lik tismohni yutayotganini ko‘rib, bir necha suratlar olishga qaror qilgan.
Foto: Facebook
Erkak olgan rasmlarini Facebook’dagi GG Wildlife Rescue Inc sahifasiga joylagan. Foydalanuvchilar surat ostida qoldirgan izohlarda ilon timsohni yeyishi mumkinligidan hayratlangan. Ular, shuningdek, bunday yaqin masofadan suratga olish qanchalik xavfsiz ekaniga qiziqqan.
GG Wildlife Rescue Inc egasi Mishel Djons (Michelle Jones) uyida ikkita zaytun iloni boqishini, ular zaharli emasligini va istalgan narsani yutib yuborishi mumkinligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi