AQSh Xitoydan olib kiriluvchi mahsulotlarga boj qiymatlari oshirilishi hisobiga har yili 500 mlrd dollargacha daromad oladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytdi.
“Biz har yili 500 mlrd dollar olamiz, o‘ylab ko‘ring-a, 500 mlrd dollar”, deb aytgan u Floridadagi saylovoldi namoyishida va AQSh Xitoy bilan savdoda “hattoki 10 sent” ham yo‘qotish niyatida emasligini qo‘shimcha qilgan.
U Xitoy raisi Si Szinpinni “ajoyib prezident” deb atagan, biroq “Xitoy bilan bitim tuzilsa yaxshi bo‘lishi, tuzilmasa ham yaxshi ekanligini” ta’kidlab o‘tgan.
Trampning ta’kidlashicha, AQSh kompaniyalari biznesni yuritish uchun nomaqbul sharoitlar va Xitoy valyutasi – yuanning pasaytirilgan kursi sababli Xitoyni tark etmoqda.
AQSh prezidenti “Xitoyga Amerikadagi ish o‘rinlari va texnologiyalarini o‘g‘irlashga ijozat bermasligini” qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Tramp Yaponiyada o‘tadigan G20 sammitida Xitoy raisi Si Szinpin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tmasa, 300 mlrd dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj qiymatlarini oshirishini aytgan.
Avvalroq AQSh Xitoydan keltiriluvchi 200 mlrd dollarlik mahsulotlarga boj to‘lovlarini 10 foizdan 25 foizgacha oshirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?