Foto: «RIA Novosti»
Ukrainalik sobiq bokschi Vladimir Klichko Ispaniyada yonayotgan yaxtadan qutqarib olindi.
Xabar qilinishicha, yong‘in boshlangan vaqtda yaxta Ibitsadan Malorka tomon suzayotgan bo‘lgan. Klichko bilan birga yaqinlari va do‘stlari bo‘lgan. Ularning barchasi Ispaniya qirg‘oq xavfsizligi xizmati tomonidan qutqarib olindi.
Xabar qilinishicha, yong‘in motor qismidan kelib chiqqan. Klichkoning ta’kidlashicha, xavfsizlik xizmatining sharofati bilan barchasi yaxshilik bilan tugagan.
Klichko — og‘ir vaznda jahonning sobiq mutlaq chempioni, u 14 marta chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Oxirgi marta 2017 yilning aprelida ringga ko‘tarilgan va britaniyalik Entoni Joshuaga imkoniyatni boy bergan. Shundan so‘ng sportdan ketishini e’lon qilgan edi.
Vladimir Klichko professional boksda umumiy hisobda 64 ta g‘alabaga erishib, 5 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?