
Foto: Twitter
Koloradoda yozgi tengkunlikda qor yog‘di. Forum Daily’ning yozishicha, ayrim joylarda qor qoplami qalinligi yarim metrdan oshdi.
Xabarda aytilishicha, 21 iyunda Steamboat kurortida dengiz sathidan taxminan 2 kilometr balandlikdagi hududda kun davomida yoqqan qor qalinligi qariyb 20 santimetrga yetgan. Denverdan taxminan 250 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Stimbot-Springs kurorti bunday ajoyib tabiat hodisasini «yozgi qor», deb nomladi.

Foto: Twitter
Qorli ob-havo haqida ogohlantirish 23 iyundan beri amal qilgan, lekin bu paytda kurortda havo sezilarli darajada ilib, quyosh qor uyumini eritib yuborgan.
Me a couple months ago when thinking about going to Colorado in June:
— Peter Marteka (@petermarteka) June 23, 2019
“Wouldn’t it be cool if there was still snow on the peaks?”
Me now: ???? pic.twitter.com/XdRJZRy2kw
Milliy meteorologik xizmat xabariga ko‘ra, bu haftada shaharda Selsiy bo‘yicha 27,7 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar