Qirg‘iziston parlamenti sobiq prezident Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi, bu boradagi tegishli qaror qonunchilik yig‘ilishi majlisida qabul qilindi.
Atamboyevni sobiq prezident maqomidan mahrum qilish uchun 110 deputatdan 103 nafari ovoz berdi. Ushbu maqomni yo‘qotgan Atamboyev daxlsizlik huquqidan ham mahrum bo‘ldi.
Avvalroq Qirg‘iziston bosh prokuraturasi parlament deputatlarining sobiq prezident Almazbek Atamboyevning daxlsizlik huquqini bekor qilish taklifini ma’qullagandi.
Respublika bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitovning ma’lum qilishicha, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida aybdor bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda.
Agarda Atamboyevga qo‘yilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, unga bir umrlik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?