Qozog‘istonning Tengiz posyolkasida qozoqlar va livanliklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Baza Telegram-kanalida ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, mojaroga 3 GI zavodining liviyalik katta ma’muri Ali Dovud olgan fotosurat sabab bo‘lgan. Suratda Dovudning ortida turgan qozoq millatiga mansub qiz uning ratsiyasi antennasiga tilini tekkazgan holda tasvirlangan.
Fotosurat internetda tarqalgach, u mahalliy ishchilar tomonidan haqoratomuz deb topilgan va xorijliklar yashovchi posyolokka zavodning qozog‘istonlik ishchilari kelib, ularni do‘pposlashga tushgan.
“Ak Jayыk” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, zavod qurilishi ob’ektlaridan barcha xorijliklarni shoshilinch evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Ularni olib chiqayotgan ba’zi avtobuslarga tosh uloqtirilgan.
Ta’kidlanishicha, politsiya departamenti ushbu voqeani bezorilik sifatida tergov qilishga qaror qilgan. Voqea joyiga Atirau viloyati akimi, prokurori, Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i, energetika vazirining birinchi o‘rinbosari yo‘l olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi