14:10 / 03.07.2019
3 725

AQSHda kuzatilayotgan anomal issiq harorat sabab beton yoʻllar yorilib ketmoqda

AQSHda kuzatilayotgan anomal issiq harorat sabab beton yoʻllar yorilib ketmoqda
Foto: Forum Daily
Amerikada kuzatilayotgan anomal issiq harorat kuzatilmoqda. Shimoliy Karolina qirgʻoqlarida midiyalar oʻz chigʻanogʻida pishib qolayotgan boʻlsa, Janubiy Dakotada esa beton shosselar yorilib ketmoqda, deb xabar beradi Forum Dailyʻga tayanib Daryo nashri.

Bodega qoʻriqxonasida 15 yildan buyon ishlab kelayotgan Jeki Snosning takidlashicha, u shu vaqtga qadar bunaqa vaziyatga duch kelmagan.

“Maydonga kelganimda yuzlab midiyalar oʻlib yotganini koʻrdim”, — deydi Snos.

Kuzatuvlar natijasida maʼlum boʻlishicha, gap yuzlab emas, oʻn minglab midiyalar haqida ketmoqda.

Foto: Forum Daily
Vermillion va Janubiy Dakotada esa havo harorati 34,4 daraja Selsiyga yetgan. Namlikni hisobga olganda bu harorat 41,7 darajada Selsiydek tuyuladi. Shtatning yoʻl-patrul xizmati yoʻllarda betonlarning yorilib ketayotgani haqida haydovchilarni ogohlantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda kuzatilayotgan anomal issiq harorat sabab beton yoʻllar yorilib ketmoqda