11:45 / 05.07.2019
2 409

Rossiyada maktablarda telefondan foydalanishni taqiqlashmoqchi

Rossiyada maktablarda telefondan foydalanishni taqiqlashmoqchi
Rospotrebnadzor bir oy ichida ishchi guruh tuzadi va maktablar hududlarida o‘quvchilarning telefondan foydalanishlarini taqiqlash bo‘yicha taklif tayyorlaydi. Bu haqda idora rahbari Anna Popova ma’lum qildi, deb xabar berdi «Kun.uz» nashri.

Avvalroq federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko ana shunday tashabbus bilan chiqqan va ekspertlardan yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar masalaning barcha jihatlarini ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qilishlarini so‘ragandi.

«Turli davlatlarda etika me’yorlari mavjud. Agarda bola darsda telefon bilan o‘tirsa u o‘qiydimi? Yo‘q», — degandi u.

2017 yil avgustda ta’lim vaziri Olga Vasileva shunga o‘xshash bayonot bilan chiqqandi. Uning fikricha, darslarda mobil telefonlardan foydalanish o‘quv jarayoniga xalal beradi va ta’lim muassasalari rahbarlari smartfonlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish huquqiga ega. Uning o‘zi esa, maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqlash kerak deb hisoblashini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada maktablarda telefondan foydalanishni taqiqlashmoqchi